Oʻzbekiston ikkinchi boʻlimda Kanadaning to‘pini o‘tkazib yubordi – 0:2

Sport 2 iyun, 10:28
Oʻzbekiston ikkinchi boʻlimda Kanadaning to‘pini o‘tkazib yubordi – 0:2

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻrtoqlik uchrashuvida Kanada terma jamoasiga magʻlub boʻldi. Uchrashuv Edmonton shahridagi Commonwealth stadionida boʻlib oʻtdi va 2:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal boʻldi.

Kanadaliklar tanaffusdan soʻng ikkala golni urishdi. 58-daqiqada Jonatan Osorio gol urgan boʻlsa, qo‘shib berilgan vaqtda yakuniy natijani Jeyden Nelson (90+1) oʻrnatdi.

Keyingi uchrashuv 8-iyun kuni Nyu-Yorkda (AQSh) boʻlib oʻtadi va Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.

5720

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→