Pop tumanida 23 yoshli yigit daryoda suzgandan keyin gʻoyib boʻldi

Namangan viloyatining Pop tumanida 23 yoshli yigit Chadaksay daryosiga tushgach, bedarak yo‘qoldi. Hodisa 28-may kuni sodir bo‘lgan.
Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, u oila a’zolari bilan suv bo‘yida dam olayotgan bo‘lgan va cho‘milish uchun daryoga tushganidan so‘ng g‘oyib bo‘lgan. Hozircha uning jasadi topilmadi. Qidiruv ishlarini tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari olib bormoqda.
Prokuratura xabariga ko‘ra, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda voqea joyidan olingan video tarqalgan. Unda suv bo‘yidagi dam olish hududi aks etgan. Guvohlar aytishicha, yigit daryoga sakragan, biroq undan chiqa olmagan. Qidiruv ishlari bir sutkadan ortiq davom etmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
