Oʻzbekiston - Kanada oʻyiniga 50 mingdan ortiq chipta sotildi

O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi 2-iyun kuni Kanada jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
O‘yin kuni O‘zbekiston jamoasi oq rangli libosda maydonga chiqadi, darvozabon esa yashil libosda o‘ynaydi. Uchrashuv mahalliy muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, allaqachon 50 mingdan ortiq chipta sotilgan.
Kanada terma jamoasi uchun bu uchrashuv AQSh va Meksika bilan birga o‘tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik bosqichining bir qismi hisoblanadi. Ular O‘zbekiston bilan o‘yindan so‘ng 5-iyun kuni Irlandiyaga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston terma jamoasi esa 8 iyun kuni safardagi o‘yinlar seriyasini Niderlandiyaga qarshi bahs bilan davom ettiradi. Kanada va O‘zbekiston o‘rtasidagi uchrashuv 2-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanadi. O‘yin Edmonton shahridagi Commonwealth Stadium stadionida bo‘lib o‘tadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
