Navoiyda pora olishdan bosh tortgan YPX xodimi mukofotlandi

Navoiy viloyatida yo‘l-patrul xizmati xodimi porani rad etgani uchun mukofotlandi. Unga 30 baravar bazaviy hisoblash miqdori — 12 million 360 ming so‘m pul mukofoti topshirildi.
Voqea 7-aprel kuni Karmana tumanida yuz bergan. YPX xodimlari Samarqand — Navoiy yo‘nalishida harakatlanayotgan Lacetti avtomobilini to‘xtatib, haydovchining mast holatda boshqarayotganini aniqlagan.
Shundan so‘ng haydovchining otasi hujjatlarni sudga yubormaslik va mashinani jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga inspektorga 1000 dollar pora taklif qilgan.
Xodim bu haqda ichki ishlar organlariga xabar bergan. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro pulni berishga uringan vaqtida qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Kapitan Sherbek Turxonov porani rad etgani uchun davlat tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlangan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
