Fransiyada vazn kamaytiruvchi dorilar xarajatlari qoplanadi

Fransiyada 15-iyundan boshlab vazn kamaytirish uchun qo‘llaniladigan dori vositalari xarajatlari qisman qoplanadi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Stefani Rist ma’lum qildi.
Gap zamonaviy dori vositalari — Wegovy va Mounjaro haqida bormoqda. Ular semirishni davolashda qo‘llaniladi va yangi avlod preparatlari hisoblanadi. Wegovy kompaniya Novo Nordisk tomonidan, Mounjaro esa Eli Lilly and Company tomonidan ishlab chiqariladi.
Kompensatsiya miqdori dori narxining 65 foizigacha bo‘ladi. Shu bilan birga, rasmiylar qayd etishicha, ko‘plab bemorlarda gipertoniya yoki qandli diabet kabi hamroh kasalliklar mavjud. Bunday holatlarda davolanish xarajatlari to‘liq qoplanishi mumkin.
Fransiya Yevropada bu turdagi dori vositalari xarajatlarini davlat hisobidan qoplaydigan birinchi mamlakatga aylanadi. Bungacha ularning yuqori narxi davolanish imkoniyatlarini cheklab kelayotgan edi.
2024-yildagi milliy epidemiologik tadqiqot natijalariga ko‘ra, Fransiyada aholining qariyb 18 foizi, ya’ni 10 millionga yaqin kishi semirishdan aziyat chekadi. Yevropa Ittifoqida esa 16 yoshdan katta aholining taxminan 51 foizi ortiqcha vaznga ega.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
