Toshkent viloyatida yirik miqdordagi sintetik narkotik modda musodara qilindi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida narkotik moddalar noqonuniy aylanmasi holatiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Kuzatuv ostida bo‘lgan 32 yoshli Qoraqalpog‘istonlik fuqaro qo‘lga olindi. Undan xorijdan yuborilgan suv nasosi musodara qilindi. Tekshiruv vaqtida uning ichidan 968 gramm «alfa‑PVP» sintetik giyohvandlik moddasi aniqlangan.
Shuningdek, gumonlanuvchi ijaraga olgan Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi xonadondan elektron tarozi, zip-paketlar va skotch topildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular moddalarni qadoqlashda ishlatilgan.
Aniqlanishicha, fuqaroga internet orqali narkotik savdosi bilan bog‘liq do‘konda faoliyat yuritgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
