AQShda Trampni ta’qib qilishda ayblagan yozuvchi Kerrollga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻatildi

AQSh Adliya vazirligi yozuvchi va jurnalist Elizabet Jin Kerrollga nisbatan jinoiy tergov boshladi. U avvalroq Donald Trampni jinsiy tajovuz va tuhmatda ayblab, sud orqali jami 87,3 million dollar undirib olgan edi. Bu haqda CNN xabar berdi.
2023 yilda sud Trampni 1990-yillarda sodir bo‘lgan deb taxmin qilingan voqealar bo‘yicha Kerrollga 5 million dollar to‘lashga majbur qilgan. 2024 yilda esa yana 83,3 million dollar undirilishi haqida qaror chiqarilgan. O‘sha paytda Tramp Kerrollni tanimasligini, uning ayblovlarini uydirma va siyosiy motivlarga ega deb baholagan edi.
Endi esa tergov e’tibori Kerrollning o‘ziga qaratilgan. Adliya vazirligi uni sud jarayonlari davomida yolg‘on ko‘rsatma bergan bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda. Xususan, u sud xarajatlarini mustaqil ravishda qoplaganini aytgan.
Biroq tergovda bu xarajatlar LinkedIn hammuassisi Rid Xoffman tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar bor. Xoffman Trampni tanqid qiluvchi va Demokratik partiyaning yirik homiylaridan biri sifatida tanilgan.
Agar yolg‘on guvohlik bergani tasdiqlansa, Kerrollga 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin. Bundan tashqari, uning Trampga qarshi da’volari bo‘yicha qabul qilingan oldingi sud qarorlari ham qayta ko‘rib chiqilishi ehtimoli bor.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
