Yangiliklar/Jamiyat

Hayit namozi vaqti e’lon qilindi

Jamiyat 26 may, 06:42
Hayit namozi vaqti e’lon qilindi

27-may kuni Oʻzbekistondagi barcha masjidlarda bayramona Qurbon hayiti namozi oʻqiladi.

Poytaxt Toshkent shahrida hayit namozi ertalab soat 05:10 da boshlanadi. Hududlar kesimida esa namoz vaqtlari quyidagicha belgilangan:

  • Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari — 05:05
  • Toshkent viloyati — 05:10
  • Sirdaryo, Jizzax viloyatlari — 05:20
  • Samarqand, Surxondaryo viloyatlari - 05:30
  • Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro viloyatlari — 05:35
  • Xorazm viloyati - 05:50
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 05:55

Qayd etilishicha, ushbu vaqtlar quyosh chiqqanidan keyingi 15–20 daqiqalik tafovut inobatga olinib aniqlangan.

4,4800

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→