Yangiliklar/Iqtisod

Alkogol va tamaki yana naqd pulga sotilishi mumkin

Iqtisod 26 may, 20:02
Alkogol va tamaki yana naqd pulga sotilishi mumkin

O‘zbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlarini yana naqd pulga sotishga ruxsat berish taklif qilindi. Bu tashabbus kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga oid taqdimotda prezidentga ma’lum qilindi.

Shuningdek, umumiy ovqatlanish sohasida ham ayrim talablarni yumshatish rejalashtirilmoqda: QQSning bir qismini qaytarish uchun belgilangan naqd pulsiz tushum ulushi talabi bekor qilinishi, ayrim xodimlarni rasmiylashtirish tartibi esa soddalashtirilishi mumkin.

Ushbu o‘zgarishlar 600 mingdan ortiq tadbirkorga qonuniy faoliyatini kengaytirishga yordam beradi. Soliq bazasi yanada shaffoflashishi hisobiga byudjetga yiliga kamida 2 trillion so‘m qo‘shimcha tushum kelib tushishi prognoz qilinmoqda.

Takliflar yuqori darajada qo‘llab-quvvatlandi, mas’ul idoralarga ularni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 1-apreldan boshlab qariyb 22 ming turdagi alkogol va tamaki mahsulotlarini faqat naqd pulsiz shaklda xarid qilish mumkin edi.

1,7520

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→