Qo‘qonda Malibu boshqargan o‘smir maktab o‘quvchisini urib yubordi

20-may kuni Qo‘qon shahrida (Farg‘ona viloyati) voyaga yetmagan haydovchi ishtirokida o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 9-sinf o‘quvchisi bobosining ruxsati bilan Malibu avtomobilining kalitini uni yuvish uchun olgan. Biroq u mashinani olib, do‘stlari bilan sayr qilishga chiqqan. Shu paytda bobosi ish bilan tashqariga chiqib ketgan va nabirasi mashinani olib ketganini sezmagan.
Keyinchalik erkak yuz bergan voqeadan chuqur afsusda ekanini bildirgan.
O‘smir tezlikni oshirgan holda 3-sinfda o‘qiydigan uch nafar qizni urib yuborgan. Hodisa oqibatida qizlardan biri vafot etgan, ikkinchisi reanimatsiyada, uchinchisi esa og‘ir tan jarohatlari olgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati xavfsizligi yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) va 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
