Toshkent metrosida savdo avtomatlari va kichik doʻkonlar paydo boʻladi

Toshkent metropolitenida vending apparatlari va kichik savdo nuqtalarini joylashtirish rejalashtirilmoqda. Bu prezident qarorida belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, ular metro bekatlarining kirish qismida hamda o‘tish yo‘laklarida joylashtiriladi. Bunda yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash talabi saqlanadi.
Metropolitenda faoliyat yuritish uchun xususiy tadbirkorlarga imkoniyat beriladi. Ular bekatlar va boshqa hududlarda xavfsiz faoliyat turlarini ijara asosida amalga oshiradi. Maydonlar auksion orqali ajratiladi.
Shuningdek, yoʻl haqini toʻlashning yangi tizimini joriy etish va vokzal infratuzilmasini rivojlantirish rejalashtirilgan. Hujjatga koʻra, masofaga qarab toʻlov tamoyili joriy etiladi – sayohat narxi stansiyalar soni yoki bosib oʻtgan yoʻnalishga qarab hisoblab chiqiladi.
Shuningdek, quyidagilar joriy etiladi:
- ayrim toifadagi aholiga imtiyozlar;
- kunlik, haftalik va oylik abonementlar.
Qarorda metropolitenni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatkichlar ham belgilangan. 2030-yilga borib kunlik yo‘lovchilar sonini 1,8 mln nafarga, bekatlar sonini 79 taga, liniyalar uzunligini 103 km ga yetkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, metro bekatlari oldida avtoturargohlar tashkil etilib, Park & Ride tizimi joriy qilinadi. Ushbu tizim orqali to‘lovni metro chiptasi bilan amalga oshirish va chegirmalardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Metro poyezdlari harakati intervalini 2–3 daqiqagacha qisqartirish ham rejalashtirilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
