Oʻzbekiston fuqarolari AQShda ishlashi va Italiyada qishloq xoʻjaligi mutaxassisliklarini oʻrganishlari mumkin

O‘zbekiston fuqarolari AQShning H-2A dasturi orqali 10 oygacha qishloq xo‘jaligi sohasida ishlashi mumkin bo‘ladi. Bu haqda USA Farm Labor kompaniyasi rahbari Manuel Fik Toshkent xalqaro migratsiya forumida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, kompaniya O‘zbekiston hukumati bilan birgalikda o‘zbekistonliklarni AQShdagi mavsumiy ishlar bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Bu tashabbus AQShda ishchi kuchi tanqisligini qoplash va xorijiy ishchilarni rasmiy ish bilan ta’minlashga qaratilgan. Unga ko‘ra, AQSh ish beruvchilari ingliz tilini biladigan, yosh va malakali o‘zbekistonliklarga qiziqish bildirmoqda.
Shu bilan birga, Italiya bilan hamkorlik doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida yangi dasturlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Confagricoltura vitse-prezidenti Luka Brondelli di Brondello o‘zbekistonliklar o‘qitilishidan so‘ng Italiya fermer xo‘jaliklarida ishlashi mumkinligini bildirdi.
Dastur Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Unda til o‘rganish, kasbiy tayyorgarlik va zamonaviy agrar texnologiyalarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan.
Mutaxassislar, xususan, zamonaviy texnika boshqaruvi bo‘yicha tayyorlanadi. Italiyada oziq-ovqat ishlab chiqarish va vinochilik sohasida malakali kadrlarga ehtiyoj ortib bormoqda.
Mazkur yo‘nalishdagi kelishuvlar Italiya bosh vaziri Jorja Melonining O‘zbekistonga tashrifi davomida muhokama qilingan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
