TDT davlatlari rahbarlari Turkistonning madaniy obyektlari bilan tanishdi

Turkistonda boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) norasmiy sammitida ishtirok etayotgan davlat rahbarlari shaharning muhim madaniy-tarixiy obidalari bilan tanishdi.

Jumladan, delegatsiyalar “Hazrat Sulton” milliy tarixiy-madaniy muzey-qo‘riqxonasiga tashrif buyurdi. Mehmonlarga 1989-yilda tashkil etilgan ushbu majmua faoliyati va tarixiy ahamiyati haqida ma’lumot berildi. Muzeydagi “Noyob eksponatlar zali” o‘rta asrlar merosini saqlash va ommalashtirishga qaratilgan muhim loyihalardan biri sifatida e’tirof etildi.
Ekspozitsiyada Turkistonning boy tarixi, turkiy dunyoning ma’naviy merosi hamda Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi bilan bog‘liq noyob artefaktlar namoyish etilgan. Bugungi kunda muzey fondida 26 mingdan ortiq eksponat saqlanmoqda, ularning qariyb 80 foizini tarixiy artefaktlar tashkil etadi.
Shundan so‘ng davlat rahbarlari Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qildi. U Markaziy Osiyodagi eng yirik islomiy me’moriy obidalardan biri bo‘lib, Qozog‘istonning muhim ma’naviy ramzlaridan hisoblanadi.

Mazkur maqbara XIV asr oxirida Amir Temur farmoni bilan buyuk mutasavvif, shoir va mutafakkir Ahmad Yassaviy dafn etilgan joyda barpo etilgan. Majmua 35 dan ortiq xonalarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, islomiy dunyoning muhim ma’naviy va madaniy markazlaridan biri sanaladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
