Sud "Oʻtgan kunlar" tarjimasi boʻyicha tovon toʻlash haqida qaror chiqardi

Chilonzor tumanlararo fuqarolik ishlari sudi amerikalik tadqiqotchi va tarjimon Mark Riz foydasiga qaror chiqardi. Unga Abdulla Qodiriyning "O‘tgan kunlar" romani inglizcha tarjimasi bo‘yicha mualliflik huquqlari buzilgani uchun kompensatsiya tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi ma’lum qildi.
Da’vo 2026y-il aprel oyida kiritilgan. Javobgar sifatida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xodimi M. Chutpulatov ishtirok etdi. Sud 50 BHM — 20,6 mln so‘m undirishni belgiladi.
Mark Riz tarjima ustida 15 yildan ortiq ishlagan. U 2019 yilda «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan. 2020-yilda esa tarjimaning imzolangan nusxasini universitetga topshirgan va uni raqamlashtirishga ruxsat bermaganini bildirgan.
2025-yil kuzida tarjima PDF shaklida internetda tarqalib ketgani aniqlandi. Faylda aynan sovg‘a qilingan nusxadagi yozuv mavjud bo‘lgan.
Tekshiruv davomida universitet xodimi kitobni skanerlab, Unilibrary.uz platformasiga ruxsatsiz joylashtirgani aniqlangan. U avval 2,06 mln so‘m jarimaga tortilgan va faylni o‘chirish majburiyati yuklatilgan.
2026-yil yanvarida tarjima Andijon chet tillari institutining Telegram kanalida ham paydo bo‘lgan. Kutubxona xodimi 375 ming so‘m jarimaga tortilgan.
Mark Rizning ta’kidlashicha, bunday holatlarda javobgarlik ko‘pincha individual xodimlarga yuklanadi, bu esa intellektual mulk himoyasiga bo‘lgan ishonchga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
