Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozogʻistonga boradi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayevning taklifiga binoan 15-may kuni amaliy tashrif bilan boʻladi.
Oʻzbekiston rahbarining Turkistonda boʻlib oʻtadigan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitidagi ishtiroki safarning asosiy voqeasi boʻladi. Bu yil uchrashuv sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish mavzusiga bagʻishlangan.
Davlat rahbarlari koʻp tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish masalalariga e’tibor qaratishlari kutilmoqda. Savdoni rivojlantirish, investitsiyalar hajmini oshirish, transport-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va ekologik siyosatni muvofiqlashtirish ustuvor vazifalardan iborat.
Sammit yakunlari boʻyicha tomonlar Turkiston deklaratsiyasini qabul qilish niyatida, unda ishtirokchi davlatlarning oʻzaro hamkorligining keyingi yoʻnalishlari belgilab qoʻyiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
