Yangiliklar/Jamiyat

60 dan ortiq odam Janubiy Koreya viza firibgarligidan zarar koʻrdi

Jamiyat 14 may, 12:05
60 dan ortiq odam Janubiy Koreya viza firibgarligidan zarar koʻrdi

Oʻzbekistonda fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishlashga yuborish bilan bogʻliq yirik firibgarlik ishi fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qilishicha, “K.M.” nomli nodavlat ta’lim muassasasi ta’sischisi va uning sheriklari oldindan til biriktirgan holda faoliyat yuritgan. Ular ish vizasi rasmiylashtirish va Koreyada ishga joylashtirishni va’da qilgan.

Aslida esa bu firibgarlik bo‘lgan. Gumonlanuvchilar fuqarolarning ishonchiga kirib, ulardan pul olgan. Natijada 6 ta viloyatdan 63 nafar fuqaro aldangan, umumiy zarar qariyb 409 ming dollarni tashkil etgan.

Tergov natijasida gumonlanuvchilardan biri avval jinoiy javobgarlikka tortilganligi aniqlangan, bu esa jinoyatning takroran sodir etilganligini koʻrsatishi mumkin.

Mazkur holat yuzasidan firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, sxemaning barcha ishtirokchilari va ehtimoliy qoʻshimcha epizodlar aniqlanmoqda.

7640

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→