Yangiliklar/Jamiyat

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida tovlamachilik qilgan shaxs ushlandi

Jamiyat 13 may, 16:00
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida tovlamachilik qilgan shaxs ushlandi

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi Qoplonbek chegara-postida fuqarolardan pul talab qilgan shaxs ushlandi.

Avval ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda noma’lum erkak odamlar ko‘p to‘plangan hududda fuqarolarga otvertka bilan tahdid qilib, pul talab qilayotgani ko‘ringan edi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi aniqlanib, qo‘lga olingan. U 43 yoshli, doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan fuqaro ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda u Sariag‘ash tumani vaqtinchalik saqlash izolyatorida saqlanmoqda va tergov ishlari olib borilmoqda.

2530

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→