Yangiliklar/Siyosat

Oʻzbekiston Qoʻshma Shtatlar uchun mutaxassislar tayyorlash dasturlarini yoʻlga qoʻyadi

Siyosat 13 may, 16:10
Oʻzbekiston Qoʻshma Shtatlar uchun mutaxassislar tayyorlash dasturlarini yoʻlga qoʻyadi

O‘zbekiston va AQSh mehnat bozoriga yo‘naltirilgan mutaxassis tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi. Bu haqda Nyu-Yorkda o‘tkazilgan Migratsiya bo‘yicha xalqaro forum yakunlari doirasida ma’lum qilindi.

Forumda ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibiga Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda AQShdagi elchixona vakillari kirdi. Uchrashuvlarda mehnat migratsiyasi, kasbiy ta’lim va xorijdagi fuqarolar huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

Logan University bilan hamkorlik doirasida AQSh talablari asosida tibbiyot xodimlarini tayyorlash dasturlari ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, kadrlar salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Missouri Trucking School bilan hamkorlikda yuk avtomobili haydovchilarini tayyorlash uchun 160 soatlik o‘quv dasturi muhokama qilinmoqda. Dastur yakunida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Qishloq xo‘jaligi sohasida AQSh ish beruvchilari kengashi va Head Honchos tashkiloti bilan mavsumiy ish dasturlarini kengaytirish va H‑2A vizalari orqali ishlash imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.

Ballon Stoll yuridik kompaniyasi bilan esa turli vizalar orqali ishga joylashish va migrantlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

2920

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→