Vyetnam $16 mlrdlik aeroport qurmoqda

Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari global aviatsiya markaziga aylanish uchun raqobatni kuchaytirmoqda. Bu jarayonda Vyetnamdagi Long Thanh aeroporti eng yirik loyihalardan biri hisoblanadi. Uning qiymati 16 mlrd dollar, maydoni esa 5 ming gektarga yaqin.
Loyiha strategik ahamiyatga ega: u Xoshimin shahridagi Tan Son Nyat aeroportidagi yuklamani kamaytirib, mamlakatni mintaqaviy transport markaziga aylantirishga xizmat qiladi. Hozirgi aeroport yiliga 40 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rib, imkoniyat chegarasiga yetgan.
Boeing prognoziga ko‘ra, kelgusi 20 yil ichida mintaqada yo‘lovchi oqimi uch baravar oshadi.
Long Thanh aeroporti bir necha bosqichda quriladi. Yakuniy ko‘rinishda u 4 terminal va 4 ta uchish-qo‘nish yo‘lagiga ega bo‘lib, yiliga 100 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, mintaqada kuchli raqobat mavjud. Singapur Changi aeroportini kengaytirmoqda, Malayziya, Tailand va Filippinlar ham katta loyihalarni amalga oshirmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
