Surxondaryo viloyatida sudya yordamchisi 53 ming dollar olayotgan vaqtda qoʻlga olindi

Surxondaryo viloyatida sudya katta yordamchisi korrupsiya gumoni bilan qo‘lga olindi. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga koʻra, u Angor tuman sudida koʻrilayotgan jinoyat ishining yakuniga ta’sir oʻtkazishga va’da bergan.
Gap ikki sudlanuvchiga tegishli ish boʻlib, belgilangan zarar miqdori 6,3 milliard soʻmni tashkil etadi. Gumonlanuvchi sud nazorati orqali uning kamaytirilishiga erishish mumkinligini da’vo qilgan.
Shuningdek, u sudlanuvchilarga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlatish hamda tergov davrida qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini bekor qildirishga ko‘maklashishini bildirgan.
Buning evaziga u sudlanuvchilarning qarindoshidan 53 ming dollar olgan vaqtida DXX va prokuratura xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik), shuningdek, 28 va 211-moddalari 1-qismi (pora berishda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
