Trampning oltin vizasiga atigi 338 ta ariza topshirildi

AQSh prezidenti ma’muriyati Donald Trump tashabbusi bilan 2025-yil dekabrida ishga tushirilgan “oltin viza” dasturining ilk natijalarini oshkor qildi. Ushbu loyiha badavlat xorijliklar uchun AQSh fuqaroligini tez olish imkoniyati sifatida taqdim etilgan bo‘lib, ishtirok narxi 1 million dollardan boshlanadi.
Biroq dastur kutilgan darajada qiziqish uyg‘otmadi. Aprel oyi oxiri holatiga ko‘ra, jami 338 ta ariza topshirilgan. Ulardan 165 nafargina 15 ming dollarlik qaytarilmaydigan ro‘yxatdan o‘tish bojini to‘lagan. Faqat 59 kishi keyingi bosqichga — AQSh Ichki xavfsizlik vazirligida hujjat topshirish jarayoniga o‘tgan.
The Washington Post nashri yozishicha, migratsiya huquqshunoslari mijozlarini ushbu dasturda qatnashmaslikka chaqirmoqda. Bunga asosiy sabab — loyiha Kongress tomonidan tasdiqlanmagani va prezident farmoni bilan istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkinligi.
Shuningdek, dastur sud jarayonlari xavfi ostida qolmoqda va u boshqa investitsion migratsiya dasturlaridan farqli ravishda hech qanday soliq imtiyozlarini taklif etmaydi.
“Oltin viza” bilan ishlashdan bosh tortayotganlar orasida mashhur huquqshunos Maykl Uaylds ham bor. U avvalroq Melaniya Trump va uning oilasiga AQSh fuqaroligini olishda yordam bergan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
