Yangiliklar/Ekologiya

O‘zgidromet O‘zbekiston hududlarida sel va toshqinlar xavfi haqida ogohlantirdi

Ekologiya 8 may, 13:52
O‘zgidromet O‘zbekiston hududlarida sel va toshqinlar xavfi haqida ogohlantirdi

Oʻzgidromet 8-maydan 12-maygacha Oʻzbekistonning qator hududlarida sel va suv toshqinlari sodir boʻlishi mumkinligi haqida favqulodda ogohlantirish berdi.

Sinoptiklarning xabar berishicha, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Fargʻona va Andijon viloyatlarining togʻoldi va togʻli hududlarida noqulay gidrometeorologik hodisalar kuzatilishi mumkin. Sababi kutilayotgan yogʻingarchilik ekani aytilmoqda.

Potentsial xavf zonasiga, xususan, Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ va Shahrisabz tumanlari, Urxondaryo viloyatining Boysun tumani, Samarqand viloyatining Urgut tumanlari, shuningdek, Nurota, Zomin, Boʻstonliq, Parkent, Chortoq, Soʻx va Xonobod shaharlari kiradi.

Toshkent viloyatida ogohlantirish Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Pskent, Oʻrtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari, shuningdek, Angren va Olmaliq shaharlariga tegishli.

1540

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→