O‘zbekistonda urush va mehnat faxriylariga yuksak ehtirom ko‘rsatildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylarini borib, ularni Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi.
Davlatimiz rahbari Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitaliga tashrif buyurib, faxriylar Akmal Akramov, Vera Juravskaya, Xasanboy Xalmatov va Vladimir Alekseyev bilan uchrashdi. Samimiy suhbat chogʻida Prezidentimiz ularning sogʻligʻi, turmush sharoiti bilan qiziqib, mardliklari uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

— Sizlar tarixning jonli guvohi, matonat timsolisizlar. Sizdek tabarruk insonlar bilan uchrashish, oʻgitlaringizni tinglash bizga katta maʼnaviy kuch bagʻishlaydi. Xalqimiz sizlar bilan haqli ravishda faxrlanadi. Bugungi tinch va ozod kunlar, avlodlarning baxtiyor istiqboli sizlarning mislsiz fidokorligingiz mahsulidir. Sizlarning ibratli hayot yoʻlingiz yoshlarimiz uchun haqiqiy matonat maktabidir, – dedi Prezident.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 16-apreldagi qaroriga muvofiq Oʻzbekistonda urush va mehnat fronti faxriylariga e’tibor kuchaytirilib, qoʻllab-quvvatlash choralari koʻrilmoqda.

Urush qatnashchilari, front orti mehnatkashlari, shuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burchini oʻtash chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari davlatimizning doimiy gʻamxoʻrligida ekani alohida ta’kidlandi. Ularga moddiy yordam koʻrsatilmoqda, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanmoqda, shuningdek, sogʻligʻini tiklash uchun mamlakatimizning yetakchi sanatoriylariga imtiyozli sayohatlar tashkil etilmoqda.
— Yaratgan sizlarga vatanparvarlik va fidokorona mehnatingiz mukofoti sifatida uzoq umr, el-yurt ardogʻida yashash baxtini ato etgan. Sizlarning duolaringiz yurtimiz uchun omonlik, ishlarimizga barakadir, – dedi Prezidentimiz.
Faxriylar mamlakatimizda tarixiy xotirani asrab-avaylash, keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan e’tibor va amalga oshirilayotgan islohotlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
