AQSh va Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozida yuz bergan hodisadan so‘ng o‘zaro zarba berdi

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida yuz bergan harbiy hodisadan so‘ng AQSh va Eron o‘zaro zarba almashdi.
AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lumotiga ko‘ra, AQSh harbiy-dengiz kuchlariga tegishli uchta kema Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali Ummon qo‘ltig‘iga o‘tayotganda Eron kuchlari tomonidan hujumga uchragan. Xabarda aytilishicha, kemalarga raketa va dronlar uchirilgan, shuningdek kichik katerlardan o‘q uzilgan.
Bunga javoban AQSh Eronning harbiy obyektlariga zarba berdi. AQSh tomonining ta’kidlashicha, raketa va dron uchirish punktlari, qo‘mondonlik markazlari hamda razvedka va kuzatuv inshootlari nishonga olingan.
Fox News jurnalisti Jyennifer Griffin manbalarga tayanib, zarbalar Keshm orolidagi port infratuzilmasi va Bandar-Abbos shahridagi obyektlarga berilganini ma’lum qildi. Axios jurnalisti Barak Ravid ham bu ma’lumotni tasdiqladi.
Eron OAV esa hodisani boshqacha talqin qilmoqda. Tasnim agentligi xabariga ko‘ra, aynan Eron harbiy-dengiz floti AQShning uchta kemasiga hujum uyushtirgan va bu AQSh tomonidan Eron neft tankeriga qilingan hujumga javob bo‘lgan.
Fars davlat agentligi esa AQSh zarbalari oqibatida Keshm orolidagi Bahman savdo portiga zarar yetganini bildirdi.
AQSh rasmiylari ushbu voqeani ikki davlat o‘rtasida urush boshlanishi sifatida baholamayotganini ta’kidladi. CENTCOM mazkur zarbalar “o‘zini himoya qilish” maqsadida amalga oshirilganini qayd etdi.
Reuters xabariga ko‘ra, hodisa AQSh Eronning urushni to‘xtatish bo‘yicha taklifiga javobini kutayotgan paytda yuz berdi.
Bundan avval AQSh prezidenti Donald Tramp tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarni “juda yaxshi” deb baholagan edi. Aprel oyining boshida AQSh va Eron o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgan, biroq keyinchalik u bir tomonlama uzaytirilgan. Shu bilan birga, tomonlar bir necha bor sulhni buzishda bir-birini ayblagan.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hozir ham yuqori keskinlik hududi bo‘lib qolmoqda. Ushbu yo‘lak global neft yetkazib berishda muhim strategik ahamiyatga ega.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
