O‘zbekistonda blogerlarga soliqlar va huquqiy maqom bo‘yicha ogohlantirish berildi

O‘zbekistonda Soliq qo‘mitasi blogerlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirmoqda. Shu maqsadda inflyuenserlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, reklama daromadlari bo‘yicha soliqlarni to‘lash va ularning huquqiy maqomi masalalari muhokama qilindi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, tahlil uchun 110 nafar eng faol bloger ro‘yxati shakllantirilgan. Ulardan 55 nafari o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, 33 nafari yakka tartibdagi tadbirkor, yana 22 nafari esa oddiy jismoniy shaxs maqomida faoliyat yuritmoqda.
Mutasaddilar ta’kidlashicha, bunday ko‘rsatkichlar real faoliyat bilan huquqiy maqom o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud ekanini ko‘rsatadi. Xususan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar xodim yollashi mumkin emas, biroq amalda ayrim blogerlar jamoa bilan ishlayotgani aniqlangan.
Alohida tartibda 3 milliondan ortiq obunachiga ega 6 nafar yirik bloger faoliyati o‘rganildi. Ular 2025-yil davomida Instagram’da 360 ta reklama storisi va 184 ta reklama posti joylashtirgan.
Ularning umumiy daromadi 2,7 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, byudjetga to‘langan soliqlar 110,4 mln so‘mni tashkil qilgan. Bu esa sohada soliq yuklamasi nisbatan past ekanini ko‘rsatadi.
Shu munosabat bilan Soliq qo‘mitasi blogerlar uchun maxsus o‘quv tadbirlarini tashkil etishni taklif qildi. Ushbu tadbirlar ularning huquqiy savodxonligini oshirish va soliqqa oid talablarga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan.
Qo‘mitada ta’kidlanishicha, yaqin kelajakda blogerlar faoliyatini qonunchilik talablariga moslashtirish va daromadlar shaffofligini ta’minlash ustuvor vazifa bo‘ladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
