Toshkentda 15 ta avtomobil ishtirokida sodir boʻlgan YTH tafsilotlari ma’lum boʻldi

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 15 ta avtomobil zararlangan. Hodisaga haydovchining sog‘ligi yomonlashgani sabab bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea taxminan soat 16:25 da Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida yuz bergan. Chevrolet Equinox rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan 73 yoshli haydovchi o‘zini yomon his qilgani sabab transport vositasi ustidan nazoratni yo‘qotgan. Natijada u svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan bir nechta avtomobillarga borib urilgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Barcha 15 ta transport vositasi turli darajada texnik shikastlangan. Equinox haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Boshqa ishtirokchilarning holati aniqlashtirilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
