Toshkent markazidagi “Brodvey” hududi yangilanadi

Toshkentda “Brodvey” (Sayilgoh ko‘chasi) va unga tutash hududlarni kompleks obodonlashtirish loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda shahar hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi.
Loyiha piyodalar hududi, skver, yashil zonalar va infratuzilma elementlarini bosqichma-bosqich yangilashni o‘z ichiga oladi. Tahlillar mavjud muammolarni — qoplamaning eskirishi, harakat qulayligining pastligi va dizaynning tartibsizligini ko‘rsatdi.
Loyiha yagona dizayn-kod tamoyillariga asoslanadi. Uni ishlab chiqishda aholi, mutaxassislar va ijodiy hamjamiyat fikrlarini inobatga olish rejalashtirilgan.
Rasmiylar hududning asosiy xususiyati — ochiq va jonli shahar maydoni — saqlab qolinishini ta’kidladi. Ko‘cha rassomlari va kreativ soha vakillari ushbu hududning ajralmas qismi bo‘lib qoladi.
Rejaga ko‘ra, yo‘laklar va trotuarlar yangilanadi, nogironlar uchun qulay sharoitlar yaratiladi, yoritish tizimi modernizatsiya qilinadi, yangi yashil hududlar barpo etiladi. Shuningdek, zamonaviy kichik arxitektura shakllari o‘rnatiladi.
Vizual muhitni tartibga solish ham muhim yo‘nalish hisoblanadi. Barcha lavha va reklama obyektlari yagona talablar asosida qayta ko‘rib chiqiladi, noqonuniy konstruksiyalar olib tashlanadi. Savdo faoliyati ham belgilangan normalarga moslashtiriladi.
Xavfsizlikni oshirish maqsadida videokuzatuv va monitoring tizimlari joriy etilishi rejalashtirilgan.
Ekologik jihatdan loyiha mavjud daraxtlarni saqlash va qo‘shimcha ko‘chat ekishni o‘z ichiga oladi. Kamida 1000 ta yangi daraxt va butalar ekilishi ko‘zda tutilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
