Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘zbekistonliklarni qo‘shimcha dam olish kuni kutmoqda

May oyida ayrim O‘zbekiston fuqarolari Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ketma-ket bir necha kun dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
2026-yilda 9-May — Xotira va qadrlash kuni — shanba kuniga to‘g‘ri keladi. Mehnat qonunchiligiga muvofiq, agar bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, u keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Shu munosabat bilan 11-May, dushanba kuni qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.
Besh kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlar uchun uch kunlik dam olish kunlari nazarda tutilgan:
- 9-May (shanba) — bayram kuni;
- 10-May (yakshanba) — dam olish kuni;
- 11-May (dushanba) — ko‘chirilgan bayram dam olish kuni.
Olti kunlik ish haftasida mehnat qiladigan xodimlar esa ikki kun dam oladi:
- 9-May (shanba) — Xotira va qadrlash kuni;
- 10-May (yakshanba) — dam olish kuni.
Xotira va qadrlash kuni O‘zbekistonda ajdodlar xotirasi, urush va mehnat faxriylariga hurmat-ehtirom ko‘rsatish kuni sifatida nishonlanadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
