Yangiliklar/Jamiyat

Oʻzbekistonda Chevrolet Cobalt uchun shartnomalarni qabul qilish ochiladi

Jamiyat 25 aprel, 09:45
Oʻzbekistonda Chevrolet Cobalt uchun shartnomalarni qabul qilish ochiladi

O‘zbekistonda Chevrolet Cobalt avtomobillari bo‘yicha kontraktatsiya boshlanishi e’lon qilindi. Shartnomalarni rasmiylashtirish jarayoni 2026-yil 28-aprel kuni soat 10:00 da boshlanadi.

Shartnomani uzavtosavdo.uz platformasi orqali onlayn tarzda, shuningdek Chevrolet’ning rasmiy dilerlik markazlarida tuzish mumkin bo‘ladi. Onlayn kontraktatsiya barcha mijozlar uchun bir vaqtda ochiladi.

Chevrolet Cobalt amaliyligi va hamyonbop narxi sabab bozorda eng talab yuqori bo‘lgan modellardan biri bo‘lib qolmoqda. Sotuv shartlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar rasmiy manbalarda e’lon qilinadi.

4210

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→