AQShda birinchi o‘zbek onlayn radiostansiyasi ishga tushdi

Dunyo 24 aprel, 11:17
AQShda birinchi o‘zbek onlayn radiostansiyasi ishga tushdi

Qo‘shma Shtatlarda xorijda yashayotgan vatandoshlar uchun mo‘ljallangan birinchi o‘zbek onlayn radiostansiyasi — Amur FM o‘z faoliyatini boshladi. Loyiha O‘zbekistondan chiqqan, hozirda AQShda istiqomat qilayotgan Mavlonbek Mashrabov tomonidan amalga oshirilgan.

Radiostansiya mobil ilova shaklida faoliyat yuritadi va AQSh hududida foydalanish imkoniyatiga ega. Unda o‘zbek musiqasi va ko‘ngilochar kontent efirga uzatilishi bilan birga, diaspora a’zolari o‘rtasida axborot almashishga xizmat qiluvchi servislar ham joriy etilgan.

Foydalanuvchilar chatlar orqali muloqot qilishi, e’lonlar joylashtirishi, ish o‘rinlari va xizmatlar bo‘yicha takliflar berishi, shuningdek, AQShdagi kundalik hayotga oid yangiliklar bilan tanishishi mumkin.

Ilovada, shu bilan birga, ingliz tilini o‘rganish va imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan ta’limiy bo‘limlar ham mavjud.

Amur FM’ning ishga tushirilishi AQShdagi o‘zbek jamoatchiligi tomonidan ijobiy qabul qilindi. Loyiha muallifining ta’kidlashicha, dastlab platforma Amerika auditoriyasiga yo‘naltirilgan bo‘lib, kelgusida uning qamrovini kengaytirish rejalashtirilgan.

1,3980

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→