Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoning ekologik kun tartibini muhokama qilish uchun Ostonaga tashrif buyuradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayevning taklifiga binoan 21-22 aprel kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi. Safar doirasida Oʻzbekiston davlat rahbari Markaziy Osiyoning ekologik muammolari va barqaror rivojlanishiga bagʻishlangan qator muhim xalqaro tadbirlarda ishtirok etadi.
Mintaqaviy ekologik sammit, shuningdek, Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi ta’sischilari - Davlat rahbarlari kengashining yigʻilishi asosiy tadbirlar boʻladi. Muhokamalar chogʻida barqaror rivojlanish manfaatlari yoʻlida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, mintaqa oldida turgan dolzarb ekologik, iqlim va suv muammolariga birgalikda yechim izlashga alohida e’tibor qaratilishi kutilmoqda.
Sammitlar doirasida Oʻzbekiston Prezidenti ekologik kun tartibining ustuvor yoʻnalishlari hamda iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va suv resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan tashabbuslar boʻyicha mamlakat pozitsiyasini bildiradi. Shuningdek, ishtirokchi davlatlarning milliy pavilyonlari namoyish etiladigan maxsus ekologik koʻrgazmaga tashrif buyurish rejalashtirilgan.
Tadbirlar yakunida mintaqa davlatlarining atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish masalalariga umumiy yondashuvini aks ettiruvchi qator muhim hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
