20-apreldan boshlab oʻqituvchilar ipoteka subsidiyalarini olish uchun ariza topshirishlari mumkin

20-apreldan O‘zbekistonda pedagoglar uchun ipoteka subsidiyalarini olish bo‘yicha arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Arizalarni soat 14:00 dan boshlab Davlat xizmatlari markazlari, MyGov mobil ilovasi hamda my.gov.uz portali orqali topshirish mumkin. Dastur kamida 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan, oliy malaka toifasiga ega yoki bosh o‘qituvchi lavozimida ishlayotgan pedagoglar uchun mo‘ljallangan.
Majburiy shartlardan biri — arizachi va uning turmush o‘rtog‘i (er yoki xotini) nomida mamlakat hududida ikki yoki undan ortiq ko‘chmas mulk bo‘lmasligi lozim. Shuningdek, kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi kamida bitta bankning talablariga mos bo‘lishi kerak.
Davlat ko‘magi doirasida ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning 25 foizi budjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Ushbu chora pedagoglarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan.
Arizani topshirish va ko‘rib chiqish jarayonida OneID tizimi orqali banklarga shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat berilishi lozim. Kredit tarixini olish bo‘yicha vaqtinchalik cheklov mavjud bo‘lsa, bu arizaning rad etilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, mazkur qo‘llab-quvvatlash chorasi fevral oyida hukumat tomonidan tasdiqlangan. Hujjatga ko‘ra, katta ish stajiga ega pedagoglar uchun ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalni subsidiyalash mexanizmi 2026-yildan boshlab joriy etiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
