Rossiya maktabgacha yoshdagi bolalar uchun terrorizmga qarshi tayyorgarlik dasturini ishlab chiqadi

Dunyo 9 aprel, 11:55
Rossiya maktabgacha yoshdagi bolalar uchun terrorizmga qarshi tayyorgarlik dasturini ishlab chiqadi

Rossiyada bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilarini terrorchilik tahdidi yuzaga kelganda qanday harakat qilishga o‘rgatishga qaratilgan dastur joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur kursni ishlab chiqish bilan Ta’lim vazirligi Moskva davlat psixologik-pedagogika universiteti bilan hamkorlikda shug‘ullanadi.

Ushbu tashabbus Maktabgacha ta’lim yili doirasidagi tadbirlar rejasida belgilangan. Hujjatda favqulodda vaziyatlarda bolalarda asosiy xavfsizlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan uslubiy tavsiyalarni yaratish va sinovdan o‘tkazish, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarining terrorchilikka qarshi himoyasini mustahkamlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish nazarda tutilgan.

Xavfsizlik masalasi maktablar uchun ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ehtimoliy fojealarning oldini olishda o‘quv muassasalari xavfsizlik xizmati ko‘pincha hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Biroq amaldagi himoya choralari har doim ham yetarli darajada samarali bo‘lavermaydi.

1450

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→