Oʻzbekistonda taqiqlangan ekstremistik internet-resurslar roʻyxati kengaytirildi

Oʻzbekiston Oliy sudi ekstremizm va terrorizm gʻoyalarini targʻib qilish munosabati bilan mamlakatimiz hududiga olib kirish, yaratish, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan axborot resurslarining yangilangan roʻyxatini e’lon qildi.
E’lon qilingan ma’lumotlarga koʻra, roʻyxatga mashhur ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi yuzlab akkaunt va sahifalar kiritilgan. Eng koʻp taqiqlangan materiallar Telegram va Instagram’da topilgan. Shuningdek, roʻyxatga birinchi marta Threads ijtimoiy tarmogʻidagi manba kiritildi.
Jami Facebook’da 270 ta sahifa, Telegram’da 855 ta kanal va guruh, Instagram’da 386 ta profil, Y’da 190 ta kanal taqiqlangan. ouTube, Odnoklassniki-da 39 sahifa, TikTok-da 62 akkaunt, Threads-da bitta profil, shuningdek, 34 veb-sayt va boshqa Internet manbalari.
Qayd etilishicha, joriy yil boshidan buyon roʻyxat 240 dan ortiq yangi resurslar bilan kengaytirilgan. Ularning deyarli yarmi Telegram va Instagram’da sud tomonidan noqonuniy deb topilgan materiallarni tarqatuvchi yangidan tashkil etilgan guruhlar va kanallar edi.
Oliy sud ushbu roʻyxatga kiritilgan resurslardan kelib chiqadigan har qanday materiallarni tarqatish, saqlash yoki namoyish qilish Oʻzbekiston qonunchiligini buzish hisoblanadi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻlishini eslatib oʻtdi.










Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
