Chilonzor tumanidagi “Beshqurg‘on” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 5-aprel kuni tushdan keyin “Beshqo‘rg‘on” bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in haqida tezkor xizmatlarga soat 15:56 da xabar berilgan, shundan so‘ng voqea joyiga o‘t o‘chirish va qutqaruv brigadalari jo‘natilgan.
Qutqaruvchilar ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in o‘chirish ekipajlari voqea joyiga yetishi bilan o‘tni bartaraf etish ishlari boshlangan. Idora xabariga ko‘ra, hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Vaziyat shahar favqulodda xizmatlari tomonidan nazorat ostiga olingan.
Hodisa joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor A. Ikramov ham yetib borgan. Soat 16:53 ga kelib, yong‘inning asosiy o‘chog‘i lokalizatsiya qilingan, yong‘inni to‘liq bartaraf etish ishlari davom etmoqda.
Tarqalgan videotasvirlarda savdogarlar yonayotgan hududdan tovarlarini olib chiqishga urinayotgani aks etgan. Yong‘in bo‘linmalari konstruksiyalarni sovitish va qayta yonishning oldini olish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
