Javohir Sindorov FIDE nomzodlar turnirida muvaffaqiyatli jang boshladi

Sport 30 mart, 16:02
Javohir Sindorov FIDE nomzodlar turnirida muvaffaqiyatli jang boshladi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov FIDE nomzodlari turnirida o‘z chiqishlarini yorqin ochib berdi. Ochilish o‘yinida u o‘z pozitsiyasini ishonchli nazorat qilib, kuchli raqibi rossiyalik shaxmatchi Andrey Esipenko ustidan g‘alaba qozonib, bahsni 1:0 hisobida yakunladi.

Dastlabki o‘yin kunidan so‘ng Sindarov Fabiano Karuana va Rameshbabu Pragnanandhalar bilan peshqadamlikni bo‘lishib oldi – har uchalasi ham bittadan ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qolish imkonini berdi.

Bugun, 30-mart kuni bo‘lib o‘tadigan ikkinchi davrada Sindorov germaniyalik grossmeyster Mattias Blyubaumga qarshi oq donalarda o‘ynaydi. O‘yin boshlanishi Toshkent vaqti bilan 17:30ga belgilangan.

Turnir Kiprda bo‘lib o‘tmoqda va 15-aprelga qadar davom etadi. Musobaqa g‘olibi nafaqat 500 ming yevro miqdoridagi mukofot jamg‘armasining bir qismini, balki, eng muhimi, jahon shaxmat tojini amaldagi chempion Dommaraju Gukeshga qarshi kurashish huquqini ham qo‘lga kiritadi.

1640

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→