O‘zbekistonda 25-noyabr kuni ayrim joylarda tuman tushishi kutilmoqda

O‘zgidromet chorshanba, 25-noyabr kungi ob-havo prognozini e’lon qildi. Mamlakatning ayrim hududlarida tuman tushishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8…+10°, kunduzi +20…+22° bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi +3…+8°, kunduzi +15…+20° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kechasi +7…+12°, kunduzi +20…+25° kutilmoqda. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida harorat kechasi +7…+12°, kunduzi +18…+23° bo‘ladi. Ayrim tumanlarda ham tuman tushishi mumkin.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo iliqroq bo‘ladi: kechasi +8…+13°, kunduzi +22…+27°.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida harorat kechasi +2…+7°, kunduzi +13…+18° kutilmoqda. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.
Tog‘li hududlarda harorat kechasi +4…+9°, kunduzi +10…+15° bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Ayrim joylarga ham tuman tushishi mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 71-o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekiston ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha jahon reytingida 101-o‘rinni egalladi

O‘zbekistonda xorijiy avtomobillar bo‘lish muddatini 90 kundan 180 kungacha uzaytirish taklif etilmoqda

Internetga UFC jadvali sizib chiqdi: turnir 2027-yilda Toshkentdagi Humo Arena’da o‘tkazilishi mumkin
