O‘zbekiston ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha jahon reytingida 101-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Education First English Proficiency Index (EF EPI) 2026 reytingida 117 ta davlat va hudud orasida 101-o‘rinni egalladi. Mamlakat indeksi 421 ballni tashkil etdi.
Reyting butun dunyo bo‘ylab 2,3 million nafar katta yoshlilarning test natijalariga asoslangan. O‘tgan yilga nisbatan O‘zbekistonning o‘rni uch pog‘onaga yaxshilangan, biroq o‘rtacha ball pasaygan: 2025-yilda mamlakat 429 ball to‘plab, 123 ta davlat orasida 104-o‘rinni egallagan edi.
O‘rin yaxshilanganiga qaramay, mamlakat hamon ingliz tilini bilish darajasi juda past bo‘lgan toifaga kiradi. Ushbu toifaga 450 balldan kam to‘plagan davlatlar kiritiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston beshtadan to‘rtinchi o‘rinni egalladi:
- Turkmaniston — 71-o‘rin (476 ball);
- Qirg‘iziston — 90-o‘rin (445 ball);
- Qozog‘iston — 99-o‘rin (424 ball);
- O‘zbekiston — 101-o‘rin (421 ball);
- Tojikiston — 110-o‘rin (405 ball).
EF ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi eng yuqori hududiy ko‘rsatkichlar Farg‘ona viloyati (461 ball) va Andijon viloyatida (453 ball) qayd etilgan. Shaharlar orasida 463 ball natija bilan Toshkent yetakchilik qilmoqda.
Reytingda Shvetsiya (615 ball), Avstriya (613) va Daniya (612) yetakchilik qildi. So‘nggi o‘rinni Somali egalladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 71-o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekistonda 25-noyabr kuni ayrim joylarda tuman tushishi kutilmoqda

O‘zbekistonda xorijiy avtomobillar bo‘lish muddatini 90 kundan 180 kungacha uzaytirish taklif etilmoqda

Internetga UFC jadvali sizib chiqdi: turnir 2027-yilda Toshkentdagi Humo Arena’da o‘tkazilishi mumkin
