Shavkat Mirziyoyev Maskatdan Toshkentga jo‘nab keldi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ummonga davlat tashrifini yakunlab, Maskatdan Toshkentga yetib keldi.
Maskat xalqaro aeroportida prezidentni Ummon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said kuzatib qo‘ydi.
Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev Ummon sultoni bilan muzokara o‘tkazdi, shuningdek, mamlakatning yirik kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan uchrashdi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va O'mon o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim qabul qilindi. Tomonlar savdo, investitsiyalar, turizm, ilm-fan, madaniyat va gumanitar aloqalarni rivojlantirishga oid 30 dan ortiq hujjatni imzoladi.
Uchrashuvlar natijasida umumiy qiymati 5 mlrd dollar bo‘lgan qo‘shma loyihalar portfeli shakllantirildi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Jensen Huang Nvidia rahbarligiga qaytishga tayyorligini bildirdi

Birjada AI-92 benzini bir kunda 7,1 foizga qimmatlashdi

Navoiyda ko‘cha poygalarini Instagram’ga joylagan yoshlar qamaldi

Oblako.uz mualliflik huquqi bo‘yicha soxta shikoyatlar orqali bosimga uchradi
