Yangiliklar/Siyosat

2027-yildan fuqarolar viloyat Kengashlari sessiyalarini kuzatishi mumkin bo‘ladi

Siyosat 18 noyabr, 10:46
2027-yildan fuqarolar viloyat Kengashlari sessiyalarini kuzatishi mumkin bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mahalliy Kengashlar majlislarini aholi uchun ochiq qiladigan va deputatlarning ijroiya hokimiyati ustidan nazoratini kuchaytiradigan farmonni imzoladi.

2027-yil 1-yanvardan fuqarolar Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Ular faqat kuzatuvchi maqomida bo‘ladi: majlislar jarayoniga, muhokamalarga va ovoz berishga aralashishi mumkin emas. Ushbu bandda tuman va shahar Kengashlari tilga olinmagan.

Ijroiya organlari rahbarlari Kengashlar oldida shaxsan va belgilangan muddatlarda hisobot beradi. Har chorakda kamida bir marta kun tartibining birinchi masalasi sifatida saylov okruglari muammolarini qo‘yish rejalashtirilmoqda, ular hokimlar va ularning o‘rinbosarlari ishtirokida muhokama qilinadi. Agar mansabdor shaxs Kengash qarorlarini bajarmasa yoki o‘z vaqtida hisobot bermasa, deputatlar yuqori turuvchi organlarga uni jazolash yoki egallab turgan lavozimiga noloyiqligi to‘g‘risida taqdimnoma kiritishi mumkin. Organ bunday taqdimnomani ko‘rib chiqishga majbur.

Yana ikkita o‘zgarish. 2026-yil 1-dekabrdan tuman va shahar Kengashlari hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi. 2028-yilgi budjetlarda esa hudud toifasiga qarab xarajatlarning 3 foizidan 5 foizigacha bo‘lgan qismi deputatlarning o‘z tashabbuslariga yo‘naltiriladi.

3500

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→