Yangiliklar/Siyosat

XVJ O‘zbekistonga energiya tariflarini oshishiga munosabat bildirdi

Siyosat 17 noyabr, 11:23
 XVJ O‘zbekistonga energiya tariflarini oshishiga munosabat bildirdi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonga elektr energiyasi, tabiiy gaz va kommunal xizmatlar tariflarini bosqichma-bosqich oshirishni davom ettirishni tavsiya qildi. Jamg‘arma fikricha, narxlar xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlarni qoplaydigan darajaga yetkazilishi kerak.

Bu haqda XVJning O‘zbekistondagi doimiy vakili Koba Gvenetadze ma’lum qildi.

Uning aytishicha, tariflarning sun’iy ravishda past saqlanishi energiya resurslarining ortiqcha sarflanishiga olib keladi. Bunda iste’molchilar to‘laydigan mablag‘ bilan xizmatning haqiqiy qiymati o‘rtasidagi farq davlat budjeti hisobidan qoplanadi. Natijada subsidiyalar miqdori va budjetga tushadigan yuk oshadi.

XVJ tariflarni birdaniga emas, bosqichma-bosqich iqtisodiy asoslangan darajaga olib chiqishni taklif qilmoqda. Jamg‘arma bahosiga ko‘ra, bu energetika korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish, elektr va gaz tarmoqlarini ta’mirlash hamda infratuzilmani rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Elektr energiyasi, gaz va kommunal xizmatlar narxining oshishi qisqa muddatda inflyatsiyani tezlashtirishi mumkin. Chunki xarajatlar nafaqat aholi, balki energiyadan foydalanadigan korxonalar uchun ham ko‘payadi. Biznes bu xarajatlarning bir qismini mahsulot va xizmatlar narxiga qo‘shadi.

4570

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→