Yangiliklar/Jamiyat

Toshkent va Astraxan o‘rtasida yangi xalqaro poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat 17 noyabr, 14:57
 Toshkent va Astraxan o‘rtasida yangi xalqaro poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

2026-yil 17-dekabrdan Toshkent va Rossiyaning Astraxan shahri o‘rtasida yangi xalqaro yo‘lovchi poyezdi qatnay boshlaydi. 149/150-sonli poyezd har ikki yo‘nalishda haftasiga bir martadan harakatlanadi.

Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi ma’lum qildi.

Toshkentdan Astraxanga

150-sonli Toshkent – Astraxan poyezdi 17-dekabrdan boshlab har payshanba kuni soat 18:00 da Toshkent-Markaziy, ya’ni Shimoliy vokzaldan jo‘naydi.

Poyezd Astraxanga shanba kuni soat 19:00 da yetib boradi. Safar 49 soat davom etadi.

Astraxandan Toshkentga

149-sonli Astraxan – Toshkent poyezdining ilk qatnovi 20-dekabr kuni amalga oshiriladi.

Poyezd har yakshanba kuni soat 02:01 da Astraxandan jo‘naydi va seshanba kuni soat 04:35 da Toshkent-Markaziy vokzaliga yetib keladi. Qaytish yo‘nalishidagi safar 50 soat 34 daqiqa davom etadi.

Yo‘lovchilar uchun chiptalar poyezd jo‘naydigan sanadan 45 kun oldin sotuvga chiqariladi.

4660

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→