Hafta oxiriga borib O‘zbekistonda havo +22 darajagacha isiydi

16–20-noyabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Hafta oxiriga borib kunduzgi harorat +17…+22 darajagacha ko‘tariladi. Bu noyabr oyining shu davri uchun iqlim me’yoridan 8–10 daraja yuqori.
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 16-noyabr kuni mamlakat bo‘ylab asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat Qoraqalpog‘istonning ayrim hududlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Kunduzi havo +13…+18 darajagacha, janubiy hududlarda esa +20…+22 darajagacha isiydi.
Yomg‘ir qayerlarda kutilmoqda?
Hafta davomida O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shimoliy hududlar va cho‘l zonasining ayrim joylarida 17–18-noyabr hamda 20-noyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
17-noyabr kuni harorat:
- kechasi +3…+8 daraja;
- kunduzi +13…+18 daraja bo‘ladi.
18–20-noyabr kunlari havo asta-sekin iliydi. Kechasi harorat +7…+12 darajaga, kunduzi esa +17…+22 darajaga yetadi.
Hafta boshida harorat iqlim me’yoridan 3–5 daraja, hafta oxirida esa 8–10 daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
16–18-noyabr kunlari ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi.
Tog‘larda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin
Tog‘li hududlarda dastlab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Biroq 18–20-noyabr kunlari ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin.
Tog‘li yo‘nalishlarda harakatlanadigan haydovchilar tuman, nam yo‘l va harorat pasayishi sababli yo‘l sharoiti o‘zgarishi mumkinligini hisobga olishi lozim.
Toshkentda havo +22 darajagacha isiydi
Toshkentda ish haftasi davomida o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda shamol esadi.
Poytaxtda kunduzgi harorat:
- 16–18-noyabr kunlari +15…+17 daraja;
- 19–20-noyabr kunlari +20…+22 daraja bo‘ladi.
17-noyabrga o‘tar kechasi havo +4…+6 darajagacha soviydi. 18–20-noyabr kunlari tungi harorat +10…+12 darajagacha ko‘tariladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Shavkat Mirziyoyev Maskatdan Toshkentga jo‘nab keldi

Jensen Huang Nvidia rahbarligiga qaytishga tayyorligini bildirdi

Birjada AI-92 benzini bir kunda 7,1 foizga qimmatlashdi

Navoiyda ko‘cha poygalarini Instagram’ga joylagan yoshlar qamaldi
