Qozog‘istonda ilk bor qonun loyihasi sun’iy intellekt yordamida tayyorlandi

Qozog‘iston parlamenti ilk bor qonun loyihasini tayyorlashda sun’iy intellekt platformasidan foydalandi. Gap bolalarning raqamli va axborot xavfsizligiga bag‘ishlangan hujjat haqida bormoqda.
Loyiha raqamli mahsulotlarni majburiy markirovkalash, voyaga yetmaganlar uchun ilova va o‘yinlarni filtrlash, xavfli kontentni bloklash hamda ota-ona nazoratini kuchaytirishni nazarda tutadi.
Qonun loyihasini tayyorlashda AI-Quryltai platformasidan foydalanildi. Tizim ota-onalarning murojaatlari va xalqaro tajribani tahlil qilib, bolalarni raqamli muhitda himoya qilish bo‘yicha takliflar shakllantirdi, dedi Qozog‘iston parlamenti vitse-spikeri Dinara Zakiyeva.
Sun’iy intellekt qonunni mustaqil ravishda yaratmagan yoki qabul qilmagan. Platforma taklif qilgan normalar loyiha muallifi bo‘lgan deputatlar va jalb etilgan huquqshunoslar tomonidan tekshirilib, qayta ishlangan.
AI-Quryltai’dan qanday foydalanildi?
Dinara Zakiyevaning aytishicha, AI-Quryltai asosida «huquqiy fikrlash» ko‘nikmalariga ega model ishlaydi. U 800 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjat asosida o‘qitilgan.
Platforma katta hajmdagi qonunchilik ma’lumotlari, ota-onalardan kelgan murojaatlar va boshqa davlatlarning tajribasini tahlil qilgan. Shundan so‘ng bolalarni zararli axborotdan himoya qilishga qaratilgan ehtimoliy huquqiy yechimlarni taklif etgan.
Loyihadagi asosiy takliflardan biri raqamli va axborot mahsulotlarini majburiy markirovkalashdir.
Voyaga yetmaganlar uchun alohida filtrlash tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Markirovkadan yoki tasdiqlashdan o‘tmagan ilovalar, o‘yinlar va boshqa raqamli mahsulotlar bolalar uchun yopilishi mumkin.
Qonun loyihasida quyidagi choralar ham nazarda tutilgan:
- bolalar uchun xavfli kontentni bloklash;
- ota-ona nazorati vositalarini joriy etish;
- voyaga yetmaganlarga taqdim etiladigan raqamli mahsulotlarni tekshirish;
- qonun talablarini buzgan platforma egalarining javobgarligini belgilash.
120 dan ortiq tuzatish orasida bolalar uchun ID-kartalar tizimini joriy etish taklifi ham bor. U bolaning huquqlarini raqamli muhitda kuzatib borish va himoya qilish uchun qo‘llanishi ko‘zda tutilgan.
Qonun loyihasi raqamli platformalar egalariga yangi talablarni bajarish majburiyatini yuklaydi. Qoidalarni buzgan kompaniyalar javobgarlikka tortilishi mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Shavkat Mirziyoyev Maskatdan Toshkentga jo‘nab keldi

Jensen Huang Nvidia rahbarligiga qaytishga tayyorligini bildirdi

Birjada AI-92 benzini bir kunda 7,1 foizga qimmatlashdi

Navoiyda ko‘cha poygalarini Instagram’ga joylagan yoshlar qamaldi
