O‘zbekistonda ayrim smartfonlar uchun IMEI’ni rasmiylashtirish 30 kungacha cho‘zilishi mumkin

6-noyabrdan boshlab O‘zbekistonda mobil qurilmalarni olib kirish va IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish ustidan nazorat kuchaytirildi. Ayrim hollarda smartfonlar 30 kungacha davom etishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha ekspertizaga yuborilmoqda. Bu haqda «Oblako» tahririyatiga Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Foydalanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, tekshiruv vaqtida telefon aeroportda olib qolinishi mumkin. Shu bilan birga, ularning ta’kidlashicha, IMEI’ni tezlashtirilgan tartibda rasmiylashtirish imkoniyati ham mavjud: qurilmani bir kunda olish mumkin, biroq bu xizmat ancha qimmatga tushadi.
Masalan, iPhone 18 Pro Max IMEI’ni rasmiylashtirish uchun avval taxminan $150 to‘langan. Endi esa, foydalanuvchilarning aytishicha, ikkita variant taklif etilmoqda: smartfonni shu summani to‘lagan holda 30 kungacha ekspertizaga qoldirish yoki bir kun ichida rasmiylashtirish uchun taxminan $450 to‘lash. Ularning da’vo qilishicha, tezlashtirilgan tartib narxi modelga bog‘liq bo‘lib, $400 dan $1 100 gacha yetadi.
Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati «Oblako» tahririyatiga nazoratning kuchaytirilishi IMEI-kodlarni qalbakilashtirish va klonlash, boshqa qurilmalarning identifikatorlaridan foydalanish hamda mobil telefonlarni noqonuniy olib kirish holatlari aniqlangani bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.
O‘zbekistonga qancha telefon olib kirilgan
Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonga rasman 4 mln dona mobil qurilma olib kirilgan. Ushbu davr mobaynida davlat budjetiga 1,6 trln so‘m bojxona to‘lovlari kelib tushgan.
Respublika telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazi vakillari bilan o‘tkazilgan ishchi uchrashuv doirasida tomonlar mobil qurilmalarning yashirin aylanmasini qisqartirish va ularni noqonuniy olib kirishning oldini olish choralarini muhokama qildilar.
Nazoratni kuchaytirish maqsadida chegara bojxona postlarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, bojxona rasmiylashtiruvi va IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-таomillarini soddalashtirish, shuningdek, idoralarning axborot tizimlarini birlashtirish rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga, Bojxona qo‘mitasi xabarida IMEI’ni $400–1 100 evaziga tezlashtirilgan tartibda rasmiylashtirish bo‘yicha rasmiy tariflar va bunday xizmatni ko‘rsatish tartibi keltirilmagan. Tezkor jarayon narxi haqidagi ma’lumotlar foydalanuvchilarning xabarlariga asoslangan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Uy topshirilmaguncha ulushdorlarning puli bankda saqlanadi

Chilonzorda ko‘l va 30 metrlik arka bilan yangi istirohat bog‘i qurilmoqda

O‘zbekistonda mahalliy maishiy texnika uchun 18 foizlik kreditlar joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev COP31 sammitida qatnashish uchun Turkiyaga boradi
