O‘zbekistonda mahalliy maishiy texnika uchun 18 foizlik kreditlar joriy etiladi

O‘zbekistonda mahalliy ishlab chiqarilgan maishiy texnikani xarid qilish uchun 18 foiz yillik stavkada iste’mol kreditlari ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sohasidagi tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Yangi mexanizm doirasida tijorat banklari aholiga muzlatkichlar, kir yuvish mashinalari, konditsionerlar va mamlakatda ishlab chiqariladigan boshqa maishiy texnikalarni xarid qilish uchun kreditlar ajratadi.
Prezidentning ta’kidlashicha, ushbu mexanizm aholining zamonaviy maishiy texnikaga bo‘lgan imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlariga talabni ham oshirishi kerak.
Dastur uchun moliyaviy resurslar tijorat banklariga imtiyozli shartlarda taqdim etiladi. Shu maqsadda mas’ul vazirlik va idoralarga ikki hafta muddatda moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarni tayyorlash hamda tegishli takliflarni kiritish topshirildi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Uy topshirilmaguncha ulushdorlarning puli bankda saqlanadi

O‘zbekistonda ayrim smartfonlar uchun IMEI’ni rasmiylashtirish 30 kungacha cho‘zilishi mumkin

Chilonzorda ko‘l va 30 metrlik arka bilan yangi istirohat bog‘i qurilmoqda

Shavkat Mirziyoyev COP31 sammitida qatnashish uchun Turkiyaga boradi
