Yangiliklar/Jamiyat

Angorda 277 ta qalbaki haydovchilik guvohnomasi yo‘q qilindi

Jamiyat 10 noyabr, 14:43
Angorda 277 ta qalbaki haydovchilik guvohnomasi yo‘q qilindi

Hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudining ijro varaqasi asosida yo‘q qilingan. Sud qarorini Majburiy ijro byurosining Angor tumani bo‘limi ijro etgan.

Qalbaki guvohnomalar shu vaqtgacha sudning ashyoviy dalillar saqlanadigan maxsus xonasida bo‘lgan. Ijro jarayonida hujjatlar xavfsizlik talablariga rioya qilingan holda maxsus qozonxonada yoqilgan.

Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasining rasmiy xabarida qalbaki guvohnomalar bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha jami 11 kishiga hukm o‘qilgani aytilgan. Idora ularning shaxsi, qanday ayblovlar qo‘yilgani va sud belgilagan jazolar haqida ma’lumot bermagan.

Shuningdek, qalbaki hujjatlar qayerda tayyorlangani, ular sotilganmi yoki ulardan yo‘llarda foydalanilganmi, ochiqlanmagan. Shu sabab ularni olgan yoki ishlatgan shaxslar ham hukm qilinganlar qatorida bo‘lganini hozircha aytib bo‘lmaydi.

milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun elektron arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirish mumkin. Bunday tartib 2023-yil 15-apreldan joriy etilgan.

570

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→