Toshkentda fasadlar va peshlavhalarni rasmiylashtirish bo‘yicha yangi talablar joriy etildi

Toshkentning ayrim ko‘chalarida bino fasadlari va tashqi reklama vositalarini rasmiylashtirish bo‘yicha yangi talablar amal qila boshladi. Bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi. Yangi tartib Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashining 2026 yil 17 fevraldagi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 13 oktabrdagi qarori asosida joriy etilgan.
Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, qator ko‘chalar uchun fasadlarni bezash va reklama konstruksiyalarini joylashtirish bo‘yicha alohida konsepsiyalar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Ushbu hujjatlar binolarning tashqi ko‘rinishi, peshlavhalar va reklama elementlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Tadbirkorlar o‘z obyektlari joylashgan hududlar uchun amaldagi talablarni @DizaynKodBot orqali bilib olishi mumkin.
Fasadlarni yangi standartlarga moslashtirish, shuningdek peshlavha va boshqa reklama vositalarini tayyorlash hamda o‘rnatish ishlari bilan sertifikatlangan reklama-ishlab chiqarish kompaniyalari shug‘ullanadi. Hozirda bunday maqomga ega 18 ta kompaniya ro‘yxati tasdiqlangan.
Mazkur kompaniyalar mutaxassislari Savdo-sanoat palatasi, Toshkent hokimligi huzuridagi «Toshkent Invest», Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining shahar boshqarmasi hamda O‘zbekiston marketing uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv dasturlarida qatnashgan.
Sertifikatlangan kompaniyalar ro‘yxatidan Siymo, Agm Group, Sns Dizayn, Faza, Feska.Uz, Gunn-Star, Masterskaya Pechati, Modern Print Service, New Led Technology, Bi Media, Usso Design, Artvision, Focus Advertising, Mediahub, Delovoy Gorod, Reg-Family, Biznes Bomond va Union TBK o‘rin olgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Uy topshirilmaguncha ulushdorlarning puli bankda saqlanadi

O‘zbekistonda ayrim smartfonlar uchun IMEI’ni rasmiylashtirish 30 kungacha cho‘zilishi mumkin

Chilonzorda ko‘l va 30 metrlik arka bilan yangi istirohat bog‘i qurilmoqda

O‘zbekistonda mahalliy maishiy texnika uchun 18 foizlik kreditlar joriy etiladi
