Yangiliklar/Jamiyat

Toshkent avtobuslarida bitta karta bilan to‘lov qilish tartibi o‘zgardi

Jamiyat 9 noyabr, 12:08
Toshkent avtobuslarida bitta karta bilan to‘lov qilish tartibi o‘zgardi

Toshkent avtobuslarida bank kartalari orqali yo‘lkira to‘lash uchun foydalaniladigan validatorlar interfeysi yangilandi. Bu haqda Tashtrans xabar berdi.

Endi bir xil bank kartasi ikkinchi marta validatorga yaqinlashtirilganda ekranda ikkita variant paydo bo‘ladi: «Sayohat uchun – 2 500 so‘m» va «Yuk uchun – 4 000 so‘m».

Birinchi variant shu kartadan foydalangan holda keyingi yo‘lovchilar uchun yo‘lkira to‘lashga mo‘ljallangan. Ikkinchi variant esa yirik hajmdagi bagaj uchun to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi.

Shu sababli, bir bank kartasi bilan bir nechta yo‘lovchi uchun yo‘lkira to‘lanayotganda har safar «Sayohat uchun» bandini tanlash kerak bo‘ladi.

Tashtrans yo‘lovchilardan ekrandagi variantlarni diqqat bilan tanlashni so‘radi. Aks holda, yo‘lkira o‘rniga bagaj uchun belgilangan 4 ming so‘mlik to‘lov yechib olinishi mumkin.

5250

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→