Navoiy va Buxoroda 8 noyabr uchun harorat rekordlari yangilandi

Navoiy va Buxoroda 8-noyabr sanasi uchun yangi harorat rekordlari qayd etildi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Navoiyda havo harorati 30 darajagacha ko‘tarildi. Avvalgi rekord 199- yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda termometrlar 28,7 darajani ko‘rsatgan. Yangi natija undan 1,3 darajaga yuqori bo‘ldi.
Buxoroda esa maksimal harorat 30,6 darajani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 1992 yilda qayd etilgan 29,5 darajalik rekorddan 1,1 darajaga yuqori.
Bundan avval 6-noyabr kuni Toshkentda ham ushbu sana uchun harorat rekordi yangilangandi. O‘sha kuni poytaxtda havo harorati 26,9 darajaga yetgan. Oldingi rekord 1981-yilda qayd etilgan bo‘lib, 26,4 darajani tashkil qilgan.
So‘nggi kunlarda O‘zbekistonning qator hududlarida kuz fasli uchun xos bo‘lmagan iliq ob-havo kuzatilmoqda. Natijada ayrim meteorologik stansiyalarda ko‘p yillik maksimal ko‘rsatkichlar yangilanmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Uy topshirilmaguncha ulushdorlarning puli bankda saqlanadi

O‘zbekistonda ayrim smartfonlar uchun IMEI’ni rasmiylashtirish 30 kungacha cho‘zilishi mumkin

Chilonzorda ko‘l va 30 metrlik arka bilan yangi istirohat bog‘i qurilmoqda

O‘zbekistonda mahalliy maishiy texnika uchun 18 foizlik kreditlar joriy etiladi
